Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Shakiri: "Debyut golim muxlislar qarshisida urilganidan faxrlanaman"

17 okt 2018, 10:03
"Liverpul"ga joriy mavsumda kelib qo‘shilgan futbolchi Jerdan Shakiri kecha bo‘lib o‘tgan "Kardiff Siti"ga qarshi (4:1) uchrashuvda "qizillar" uchun Premier-ligadagi ilk golini kiritdi. Shveysariyalik futbolchi bu gol aynan "Liverpul" ishqibozlari ko‘z o‘ngida urilganidan mamnun.

"Gol urganim yoqimli bo‘ldi, buni bir necha o‘yindan beri kutayotgandim. Ilk golimni "Liverpul" ishqibozlari qarshisida urganimdan faxrlanaman va xuddi shu ruhda davom etishga umid qilaman.

Murabbiy menga jamoaga yordam berish uchun o‘yindan zavqlanishimni, o‘z o‘yinimni ko‘rsatishimni aytdi. Bor kuchimni ishga solishga harakat qildim, shuning uchun bugun men uchun hammasi ajoyib.

"Liverpul" top jamoa, muvaffaqiyatga erishish uchun bunday o‘yinlarni yutishimiz darkor. Bu endi boshlanishi, shu boisdan biz yakunda sovrin yutish uchun xuddi shu ruhda davom etishimiz lozim", -
deydi Shakiri.
Teglar : Jerdan Shakiri | | Intervyular
Manba : Sky Sports
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 568 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 21
» Foydalanuvchilar: 0
» Mexmonlar: 21

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog