Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Intervyu. Keyta - Klopp, jamoadagi muhit va Salah haqida

17 okt 2018, 07:18
"Liverpul" klubining 8-raqam egasi Nabi Keyta jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp haqida iliq fikrlarini aytib o'tdi :

"Bunday murabbiy bilan ishlash juda zavqli. U ochiq, siz u bilan bemalol gaplasha olasiz. Bu faqat bitta o'yinchi uchun emas, hammamiz uchun. Klopp faqatgina bir futbolchiga e'tibor bermaydi, balki hammamizga bir xil e'tibor qaratadi. Klopp hammaga g'amxo'rlik qiladi. Uning uchun chiroyli futbol o'ynash juda yaxshi"
- deb aytadi Keyta.

Uning jamoaga moslashuvi va tarkibdagi o'rin uchun raqobat haqida so'rashganida, 23 yoshli gvineyalik futbolchi quyidagicha javob berdi :

"Men shunday futbolchilar bilan birga o'ynashimdan juda xursandman. Men ularning tajribasidan o'rganaman. Ular bilan mashg'ulotda qatnashaman va yaxshiroq futbol o'ynashga harakat qilaman. Klopp bizga qarab shunday deydi: "Buni qilish kerak, buni qilish kerak."

Men bu so'zlarni butun tanam bilan his qilaman. Men juda baxtliman va ular bilan mashq qilishdan mamnunman. Bizda bittagina ajralib turadigan mashhur futbolchi yo'q. Biz hammamiz bir xilmiz va hammamiz bir jamoamiz. Jamoaning maqsadi - mening maqsadim"
- deydi.

Shuningdek, "Liverpul" klubining futbolchilaridan biri - Muhammad Salah haqida gapirib ham o'tti:

"Salah juda ko'p mashg'ulot qiladi, juda ko'p. Sport zaliga borganimda, u allaqachon shu yerda bo'ladi. Salah maydonda yaxshi o'yin namoyish qiladi. Nega bilasizmi? Buning sababi u juda mashaqqatli mashg'ulot o'tkazadi"-
deydi Keyta.
Teglar : Nabi Keyta | Yurgen Klopp | Muhammad Salah
Manba : Liverpul Echo
Qo`shdi: Alone
Ko`rildi: 815 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 81
» Foydalanuvchilar: 0
» Mexmonlar: 81

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog