Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Deyan Lovren: "Men dunyodagi eng yaxshi 5 himoyachining biriman. Ramos mendan ko'proq xato qiladi"

17 noy 2018, 15:50
"Liverpul" himoyachisi Deyan Lovren o'zini dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri deb bilmoqda va "Real" himoyachisi Serxio Ramos haqida fikr bildirdi.

"Men o'zimni eng yaxshilardan biriman deganman, eng yaxshisi emas. Top-5 ga kirsam kerak. Menga YeChL finalida o'ynab, bir oydan so'ng Jahon chempionati finalida o'ynagan futbolchini topib bering. Men bundaylar ichida Terri Anridan so'ng ikkinchiman. Men bu ma'lumotni qidirdim. Har ikki finalda mag'lub bo'lgan ersamda, hurmatga munosibman.

Qandaydir noto'g'ri so'zlar aytib qo'yganim yo'q. Albatta, mening xeyterlarim bunga qo'shilmaydilar. Nima ham derdim? Hech kim idealmas. Odamlar doim sening xatoyingni kuzatadilar, yaxshi tomonlaringga qaramaydilar. Men bunchalik nafratga loyiq emasman.

Serxio Ramosga qarang, u mendan ko'proq xato qiladi. Ammo u "Real"da, jamoa 1:5 yoki 2:5 hisobida yutqazsa hech kim bunga e'tibor bermaydi. Menga bu tomondan omad kulib boqmagan. Agar men xato qilsam albatta 0:1 hisobida yutqazamiz. Ammo men bunga chiday olaman. Mening o'rnimda xatosiz o'ynash mumkinmas"
, - deydi Lovren.
Teglar : Intervyular | Deyan Lovren |
Manba : stadion.uz
Qo`shdi: JK_ДЖОКЕР
Ko`rildi: 592 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 70
» Foydalanuvchilar: 0
» Mexmonlar: 70

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog