Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Muhammad Salah bilan ekskluziv intervyu: "Enfild" - mening uyim"

20 noy 2018, 15:57
Chempionlar Ligasi doirasida dubl qayy etgan Muhammad Salah "Liverpul" tarixida 50 ta golni eng tez kiritgan futbolchiga aylanib oldi. Mazkur rekord uchun Salahga 65 ta o'yin kifoya qildi va 50lik marrani afsonaviy Albert Stabbinsdan 12 uchrashuv oldin bajarishga muvaffaq bo'ldi.

2017-yil yozida "Roma"dan ko'chib o'tgan Salah debyut mavsumidayoq 44 ta gol urib, bir qancha individual sovrinlarga ega chiqdi va "Liverpul" uchun 50-golidan so'ng jamoa rasmiy sayti forvard bilan eksklyuziv intervyu tashkillashtirdi. Unda Salahning "Liverpul"dagi birinchi tajribalari borasida so'z ketdi.

*

Birinchi marta "Liverpul" haqida eshitgani haqida

"Bu ancha vaqt oldin edi, juda yosh bo'lgan paytlarim. "Liverpul" katta jamoa edi va hamma tanirdi. Klubni dunyo bo'ylab muhlislari anchagina ko'p. Menimcha, "Liverpul" haqida birinchi marta eshitganimda 10-11 yoshlarda edim. PlayStation'da "Liverpul"ni tanlab o'ynaganim haqidagi ma'lumotlar to'g'ri, ko'pincha shu jamoada tanlardim. Bir kun kelib bu klubda bo'laman deb tasavvur qilmagandim".

Birinchi marta u "Liverpul" uchun to'p surishni istagani haqida

"Misrdan Bazelga kelganimda, bir kun "Liverpul" sharafini himoya qilish maqsad paydo bo'ldi. "Bazel"daligimda bu yerga kelishim mumkin edi, ammo muzokaralar ikki tomon uchun muvaffaqqiyatli tugamagan. O'tgan yili "Liverpul" yana menga qiziqqanida, men kelishga tayyor turgandim. Hozir esa shu yerdaman!"

*

"Liverpul" futbolchisi sifatidagi birinchi kecha

"Media "Liverpul"ga juda katta e'tibor qaratadi. Transferim haqida gazetalarda o'qidim. Bir vaqtning o'zida ham quvonardim, ham ozgina asabiylashardim. Chunki, bosim bo'lishini va odamlar mendan yuqori darajadagi o'yinlarni kutishini bilardim".

Birinchi marta jamoadoshlari bilan ko'rishgani haqida

"Bu mavsum-oldi tayyorgarlikning dastlabki kuni edi. "Liverpul" bilan shartnoma imzolaganimdan so'ng, 3 hafta dam oldin, so'ngra Melvudga keldim. Hamma futbolchilar bilan birdaniga tanisha olmadim. Ba'zilari bilan birinchi kun, qolganlar bilan esa kelasi kunlarda tanishib ulgurdim. Jamoada sog'lom raqobat bor, hamma o'ynashni istaydi. Mentalitet shunaqa - g'alaba uchun kurash. Hozirda jamoadoshlarimni bir yildan ortiqroq vaqt mobaynida bilaman, ular esa menga nima yoqishi, nima yoqmasligidan boxabar. Birinchi kunimda shuni his qilganmanki, bu yerga yig'ilgan yigitlar hammasi kamtar, ajoyib yigitlar".

*

Birinchi marta "Enfild"da "Liverpul" futbolchisi sifatida to'p surgani haqida

"Enfild"da to'p surish boshqacha. Hozirgacha maydonda o'ynayotib, o'zgacha emotsiyalarni his qilaman. Muhlislarni mehrini doim his qilasiz va ular sizni olg'a borishga undaydi. APLda birinchi marta "qizillar" uchun "Uotdord"ga qarshi mehmonda o'ynagandim. Odamlar meni Angliyaga qaytib, qanday o'ynab ketishimni kuzatib o'tirishardi, murabbiy esa shunchaki futbol o'ynashim kerakligini uqtirdi. Birinchi bo'lim qiyin kechdi. Ikkinchi taymda esa gol urdim, penalti ishladim. Debyut o'yinida gol urishni barcha futbolchi orzu qiladi. "Enfild"dagi dastlabki o'yinimda ham muhlislar meni iliq kutib olishgan. Hozir bu mening uyim".

Birinchi marta muhlislar unga atab qo'shiq aytishganini eshitgani haqida

"Muhlislarning menga atalgan ko'p qo'shiqlari bor, bitta emas. Menga eng yoqqani "Egyptian King". Buni 10-15 uchrashuvlardan keyin eshitdim. Muhlislar meni nomimga qo'shiq aytishganda bu menga adrenalin beradi. Vauv. Men bu yerda 2-3 oygina bo'ldim-ku, muhlislar allaqachon men uchun qo'shiq kuylashmoqda. Lekin muhlislar menda ko'ra ko'proq qizchamni qo'llab-quvvatlashgandi (hazillashib). Men qizimdan to'pni olib qo'yganimda, muhlislar menga birinchi marta hushtak chalishgandi. (O'tgan mavsum "Brayton"ga qarshi bahsdan so'ng). Qizim maydonga tushganda, muhlislar uni qanday kutib olganini unutmayman, bu men va oilam uchun ajoyib voqea edi".

Birinchi marta Deyan Lovren bilan ko'rishgani haqida

Deyan bilan Melvuddagi ilk kundanoq tanishgandik, tayyorgarlikning ikkinchi haftalaridan oz-moz gaplasha boshladik. Ammo biz Dubay va Marbellada olib borgan tayyorgarligimiz mobaynida yaqin do'stlarga aylana boshladik. Hozir esa bir-birimiz bilan ko'p hazillashamiz. U doim ijtimoiy tarmoqda menga hazillar qiladi, menga bu yoqadi. Men unga birga tushgan rasmlarimiz orqali uni Misrda mashhur qilayotganimni aytayam. Deyan - ajoyib yigit".
*
Teglar : Muhammad Salah | |
Manba : "Liverpul" rasmiy sayti
Qo`shdi: AlexOxChamberlain
Ko`rildi: 797 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 16
» Foydalanuvchilar: 0
» Mexmonlar: 16

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog