Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Pol Merson tahmini: "Arsenal" 1 - 3 "Liverpul"

20 noy 2018, 20:18
"Arsenal" jamoasi o'yinlariga deyarli bexato taxmin bildirib kelayotgan Pol Merson, "Liverpul"ga qarshi uchrashuv oldidan ham o'z farazlarini bildirib o'tdi.

"Men nimadir ko'ra olmayapman, lekin "Liverpul" yutadi. Menimcha, shu kuni "Arsenal" katta sinishni namoyish qiladi.

Ular himoyaning har bir chizig'ida qo'rqinchli ko'rinishmoqda. Belerin jarohat olgan, Jaka chap qanotda, tayanch yarim himoyasidagi muammolar, o'ng qanotda esa Lixshtayner. Albatta, Lixshtayner oldin yaxshi o'ynagan, lekin hozir u 35 yoshda. 35 yoshli futbolchi Premyerligaga mos kela oladimi?

Men "Lester"ga qarshi o'yinda "Arsenal" himoyasining sochilib ketganini ko'rdim. Shu vaqt ichida "Lester" himoyada metin o'yin ko'rsatdi, ayniqsa Maguayr o'tirib harakat qildi desa ham bo'ladi.

"Liverpul"ning mudofaa chizig'i esa super. Ular himoyada "Lester"dan uch karra yaxshiroq o'ynay olishadi.

"Arsenal" uzluksiz 11 ta g'alabaga erishdi, ammo ularning 4 tasida osongina yutqazib qo'yishlari ham mumkin edi. Bo'lajak bahsda, "Arsenal" muhlislari 'qani gol ur' deya hayqirishadi. Lekin "Liverpul" xotirjamlik bilan yutib ketadi, tahminim: 1-3".
Teglar : Pol Merson | |
Manba : Sky Sports
Qo`shdi: JK_ДЖОКЕР
Ko`rildi: 422 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 32
» Foydalanuvchilar: 2
» Mexmonlar: 30

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog