Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Arsenal - "Liverpul". Prevyu

20 noy 2018, 22:59
"Arsenal" va "Liverpul" jamoalari bahsi oldidan yangiliklar va faktlar bilan tanishing.

Tarkib yangiliklari:

Bo'lajak uchrashuvda mezbonlardan Ektor Belerin, Nacho Monreal, Sead Kolashinas va Sokratis Papastatopuloslarning maydonga tushishi so'roq ostida turibdi.

"Qizillar" safida esa Nabi Keyta va Jordan Xendersonlar jamoasiga yordam bera olmaydi.

Statistika:

Tomonlar shu kunga qadar 224 bor to'qnash kelishgan. "Arsenal" 78 marta, "Liverpul" 86 marta g'alaba qozongan bo'lsa, 60 o'yinda durang qayd etilgan.

"Kanonirlar"ning eng yirik g'alabasi 8:1, "mersisaydliklar"ning eng yaxshi natijasi 5:0 ga teng.

Faktlar:

* "Arsenal" so'ngi 6 o'yindan "Liverpul"ni yuta olmayapti (3D, 3M), bu boradagi eng uzun natija 12 ta o'yinga teng (1994-2000).
* "Liverpul" oxirgi 5 ta bahsda "to'pchilar" darvozasiga 17 ta gol urgan, ularning har birida kamida 3 ta to'p kiritmoqda.
* Emeri va Klopp shu kungacha bir bor uchrashgan bo'lib, 2016-yil Yevropa ligasi finalida Ispaniyalik mutahassisning "Sevilya"si 3:1 hisobida ustun kelgan.
* "Arsenal" joriy mavsum APLda birinchi taymni g'alaba bilan tugata olmagan to'rt jamoaning biri bo'lib turibdi.
* "Kanonirlar" joriy mavsumda o'z imkoniyatlarining 24,5 %idan unumli foydalangan holda, top 6-lik klublari ichida eng yaxshi natijaga erishib turibdi.
* London klubi vakillari ushbu mavsum o'z gollarining 5 tasini jarima maydoni tashqarisidan kiritgan holda, o'tgan mavsumning bu boradagi to'liq natijalaridan bittaga kam natija qayd etishmoqda.
* Per Emerik Obameyang APLda 23 o'yin o'tkazib, 22 golda ishtirok etdi: 17 gol va 5 assist.
* "Liverpul" joriy mavsumning dastlabki 10 turida 26 ochko to'pladi va bu jihatdan o'zlarining APL tarixini eng yaxshi startini qayd etmoqda.
* "Qizillar" bo'lajak o'yinda ham 3 yoki undan ortiq gol ursa, bir raqibga ketma-ket 6 o'yinda 3 va undan to'p kiritgan APLning birinchi jamoasi bo'ladi.
* Mersisayd klubi APL doirasidagi so'ngi 11 o'yindan beri mag'lub bo'lmayapti va ularda faqat 4 ta to'p o'tkazib yuborgan, xolos.
* Roberto Firmino "Arsenal"ga so'ngi 3 o'yindan beri ham gol, ham golli uzatma qayd etgan va navbatdagi bahsda ham shunday natijaga erishsa, APLda bir jamoaga qarshi uzluksiz 4 uchrashuvda ikki xil samarali natija qayd etgan holda rekordchiga aylanadi.
* Muhammad Salah "Arsenal"ga qarshi o'ynagan barcha 3 o'yinda gol urgan va bu jihatdan faqatgina 4 uchrashuvda ham "to'pchilar" darvozasini ishg'ol etgan Charli Ostindan ortda qolyapti.
Teglar : Prevyu | Arsenal | Liverpul
Manba : BBC
Qo`shdi: JK_ДЖОКЕР
Ko`rildi: 290 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 17
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 16

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog