Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Nega ''Liverpul'' o‘yin tizimi “Arsenal”nikidan yaxshiroq?

20 noy 2018, 14:05
Germaniyallik mutaxassis Yurgen Klopp ''to‘pchilar''ni boshqarish uchun doim asosiy nomzodlardan biri bo‘lib kelgan. Biroq Unay Emerining ''Arsenal''dagi ajoyib starti bu ish hali beri amalga oshmasligini ko‘rsatmoqda.

Rivojlanish uchun yaxshi formulasi bo‘lmasada ispaniyalik mutaxassis klubda barchasini yo‘lga qo‘ymoqda.

Alohida detallar bo‘yicha hali to‘la-to‘kis yaxshilanishga erishilmagandir, ammo jamoaning ko‘rsatayotgan umumiy natijalari tahsinga sazovor. ''Arsenal'' o‘tgan haftada qatorasiga sakkizinchi g‘alabasini qo‘lga kiritishiga atigi sakkiz daqiqa etmadi. Luka Milivoevichning ''Kristal Pelas''i Emerining ''Arsenal''ini to‘xtata oladigan jamoa bo‘lib chiqdi. ''To‘pchilar'' 12 o‘yinda 11 g‘alabaga erishgan.

Emeri eng yaxshi tajribalarining qorishmasidan yangi g‘oyalar ishlab chiqadigan murabbiylar toifasidan. U ''Sevilya'' va ''Valensiya''da qo‘llagan 4-2-3-1 o‘yin sxemasini London shimolida ham amalga tatbiq qilmoqda. Uning tarkibida yarim himoyachi va hujumchilar ideal tarzda qanot vingerlariga aylanishadi. Genrix Mxitaryan, Per-Emerik Obameyang, Mesut O‘zil, Aleks Ivobi va Denni Uelbeklar yangi uslubda o‘zlarini ijobiy tarafdan ko‘rsatishga erishmoqda.

Bunday qayta ''uyg‘onish''ning ajoyib namunalari bor. Ayniqsa Emerining shogirdlari Yurgen Kloppning boshqalarga o‘xshamaydigan 4-3-3 sxemasiga duch kelgan o‘yin e’tibordan chetda qolmaydi. ''Bunday uslubda ko‘plab futbolchilar bilan hujumkor o‘yin ko‘rsatadigan boshqa birorta jamoa yo‘q'' – degandi bundan ikki yil avval Pep Gvardiola Klopp jamoasi haqida gapirarkan.

Bu Muhammad Saloh jamoaga kelishidan oldin aytilgan gaplar. Biroq tamoyillar o‘sha-o‘sha. ''Arsenal''ning yangi uslubi ham mana shunga o‘xshaydi. Yarim himoya va hujum chiziqlarining barcha vakillari raqib jarima maydonchasi yaqinida ''izg‘ib yurishadi''. Qanot himoyachilari esa ularga qo‘shimcha kuch vazifasini bajarishadi. Ayniqsa Ektor Belerin Emerining yashirin quroliga aylanib bormoqda. Bundan tashqari Nacho Monreal va Sead Kolashinats ham uning vazifasini bajara oladi.

Endi ''Arsenal'' futbolchilarini ''Liverpul''dagi raqiblari o‘rnida tasavvur qilib ko‘ringchi? Hech kim vinger vazifasini o‘xshata olmaydi. Ularning barchasi markaziy hujumchiga aylanishadi.

Obameyang chap qanotda o‘zini ko‘rsatishga urinib ko‘rishi mumkin. Bu Sadio Manening majburiyatlarini bajarish degani. ''Kloppboll''da Aleksandr Lyakazett Muhammad Salohning o‘rnini, xususan o‘ng qanotni egallaydi.

Mesutning yangi vazifasi?

Roberto Firmino o‘rniga Mesut O‘zil bo‘lsachi? Klopp vatandoshining himoyachisiga aylanishi mumkin. Garchi ''Arsenal''ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi braziliyalik hujumchining nusxasi bo‘la olmasa ham. U raqibga bosim uyushtirishi shartmas.

O‘zil bir vaqtlar Germaniya termasida ''aldamchi to‘qqizlik'' vazifasini qoyilmaqom tarzda bajargan. Bunday tajriba unga ''aldamchi o‘nlik''da markaziy hujumchiga aylanishiga yordam beradi. Biroq bunday vazifani yana bir muqobil variant – Mxitaryan ham uddalay oladi.

Xullas ikki jamoada o‘xshashliklar ko‘p. Emerining ''Emireyts Stedium''da qilgan yana bir ishi bu Klopp kabi jamoasiga tezlik qo‘shganida. ''Arsenal'' germaniyalik mutaxassisning jamoasi kabi sprintlar va masofani bosib o‘tish bo‘yicha statistikalarda ancha yuqorilagan. Bu degani ikkala murabbiy yuqoriroq himoyalanadi degani.

Yakshanba kuni ''Arsenal'' maydonida qanaqa natija qayd etilishidan qat’iy nazar ''Liverpul'' so‘zsiz ravishda ''Arsenal''dan bir bosh ustun turadi. Emerining so‘nggi vaqtlarda ko‘rsatayotgan yuqori ko‘rsatikchlariga qaramay ''qizillar'' ko‘p jabhalarda o‘zlarini ancha yaxshilab olgan.

Biroq Yurgen Klopp uchun bularni amalga oshirishi uchun etarlicha vaqt – 3 yil berildi. Jamoaga yangi kelganlar Oksleyd-Chemberleyn va Fabinolar jamoaning taktik ishlanmalariga kirishib ketishdan oldin zaxirada o‘tirishdi. Emeri esa qisqa vaqt ichida muvaffaqiyatga qozonish bo‘yicha kuchli strateg ekanligini ko‘rsata oldi.

U o‘z yo‘lidan bormoqda. Hech kim Kloppdan nusha ololmaydi. Biroq ''Arsenal'' tarkibida muvozanatning yo‘qligidan Klopp kelayotgan uchrashuvda unumli foydalanib qolishi mumkin.
Teglar : Mulohaza | |
Manba : sports.uz
Qo`shdi: JK_ДЖОКЕР
Ko`rildi: 520 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 16
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 15

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog