Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Peres Benzemaga o'rinbosar topdi

11 noy 2018, 17:40
"Real" markaziy hujumchi Karim Benzemaning o'rniga o'rinbosar topib qo'ygan.


Ispan matbuotidagi xabarlarga qaraganda, "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres "Liverpul" a'zosi Roberto Firmino nomzodida to'xtagan.


"Blankos" rahbariga braziliyalikning o'yin uslubi manzur kelgan bo'lib, bunda hujumchining nafaqat gol ura olish qobiliyati, balki hujumda jamoadoshlariga ko'mak berishi ham e'tiborga olingan.


Bundan tashqari, takidlanishicha, Peres Firmonining xaridi yozda Braziliya termasining boshqa bir hujumchisi – Neymarni Madridga olib kelish ishini ham osonlashtiradi, deb hisoblamoqda.


27 yoshli Roberto "Liverpul"da 2015 yildan buyon to'p surib keladi. Shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan, transfer qiymati esa 80 mln yevroga tengligi aytilmoqda.
Teglar : Transferlar | Roberto Firmino |
Manba : Stadion.uz
Qo`shdi: 20_LALLANA_20
Ko`rildi: 1178 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 79
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 75

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog