Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Byornli" - "Liverpul. Prevyu

11 dek 2018, 19:00
*

Jamoalarga oid yangiliklar

* "Byornli" himoyachisi Jeyms Tarkovski bir oydan keyin dastlabki o'yinda maydonga tushishi mumkin. U dabba (grija) tufayli jamoasiga yordam berolmayotgandi.

* Yana bir futbolchi Ben Gibson mashg'ulotlar vaqtida Stiven Defur bilan to'qnashib ketishi natijasida tizzasini jarohatlab oldi va shu sababdan bugungi o'yinda qatnasha olmaydi.

* "Liverpul" sardori Jordan Henderson "Uotford" bilan 13-tur o'yinida qizil kartochka olib maydonni erta tark etgandi va "Everton"ga qarshi baxsni o'tkazib yuborgandi. U bugun ligadagi yubiley 300-o'yinini o'tkazish mumkin.

* Chap qanot himoyachisi Endryu Robertsonda kichik jarohat bo'lsa, hujumchi Sadio Manening oyog'ida og'riq bor. Ularning bu o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida.

Murabbiylar fikri

*

Shon Daych: "Futbolchilar o'z ustida tinmay mehnat qilishmoqda. Ular muxlislar qarshisida o'zlarining eng yaxshi jihatlarini ko'rsatishga harakat qilishadi. O'yin har ikkala tomon uchun ham qiyin o'tadi. O'tgan safar o'z maydonimizda so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yuborgan edik. Bu safar buni takrorlash niyatimiz yo'q. Muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz".

Yurgen Klopp: "Biz o'yinga tayyormiz. Futbolchilarim "Everton" ustidan qozongan g'alabalarini esdan chiqargan holatda maydonga chiqishlari shart. Biz o'tgan mavsumdagi kabi so'nggi daqiqalarga qadar o'yin taqdirini mavhum qoldirmasligimiz kerak. Yigitlarga har doim chempionatdagi 38 o'yin, 38 xil ko'rinishda bo'lishini uqtiraman".

O'yinga oid faktlar

*

* Mezbonlar APL doirasidagi so'nggi 7 o'yindan buyon g'alaba qozona olishmayabdi. Ular 5 mag'lubiyat, 2 durang qayd etishib, o'z darvozalaridan 18 bor to'p olib chiqishgan.

* Agar bugun "Liverpul" g'alaba qozona olsa, o'z tarixida yangi sahifa ochadi. Ularning Angliya chempionatlari tarixidagi dastlabki 15 turdagi eng yaxshi starti 1978/79 va 1990/91 yillarga to'g'ri keladi. O'shanda "qizillar" 12 g'alaba, 2 durang va 1 mag'lubiyat qayd etishgan.

* "Byornli" ushbu mavsum o'z maydonida juda yomon statistika qayd etmoqda. O'tkazilgan 6 o'yinda atigi 4 ochko to'plashgan. Ular aprel oyidan buyon Premer-Liga doirasida o'z maydonida o'tkazgan 8 o'yindan faqat 1 tasida g'alaba qozonishgan.

* Agar "Liverpul" o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolsa, Angliya futboli tarixida yangi rekord o'rnatadi. Mersisaydliklar o'tkazilgan 14 o'yinda atigi 5 bor darvozasidan to'p olib chiqqan. Hozirga qadar Angliya chempionatlari tarixida dastlabki 15 o'yinda minimal 6 bor to'p o'tkazib yuborgan jamoalar bor.

* Jo Hart o'z darvozasida eng ko'p golni aynan "Liverpul"ga qarshi baxslarda o'tkazib yuborgan: 33 gol.

* "Liverpul" APL doirasida faqat 2012 yil Boxing Dayda "Stok Siti" (3:1)ga qarshi o'yindan keyin ketma-ket 16 uchrashuvda mag'lubiyatga uchramagan.

* Bugun Shon Daych o'zining murabbiylik faoliyatidagi Premer-Ligadagi 300-o'yinini o'tkazadi (113 g'alaba, 91 durang, 95 mag'lubiyat).
Teglar : Prevyular | |
Manba : BBC
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 132 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 54
» Foydalanuvchilar: 5
» Mexmonlar: 49

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog