Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Klopp: "So‘nggi bor 14 yil oldin maydonda yugurgandim"

11 dek 2018, 19:15
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning o‘tgan turida “Everton”ga (1:0) qarshi bahsning so‘nggi daqiqasida kiritilgan goldan so‘ng maydonga tushib yugurgan va buning ortidan Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan 8 ming funt jarimaga tortilgan edi.

“Men jazodan qutulib qololmayman, bu oddiy hol. Men so‘nggi marta bundan 14 yil muqaddam maydonga yugurgan edim. Hozir u qadar tezkorligim qolmabdi.

Bu borada menda muammo yo‘q, men jarimani to‘layman. Biz hammamiz xato qilamiz. Men qilgan xatolarimdan xulosa chiqarishni xohlayman. Juda bo‘lmaganda men bunday ishni endi yaqin orada qilmayman.
Bunday holatlar kamdan-kam uchraydi. Agar qoidalar bo‘lmaganida, zaxira o‘rindig‘idagi murabbiylar har doim maydonga yugurib chiqishgan bo‘lardi. Bu esa judayam g‘alati ko‘rinardi”
, - deydi germaniyalik mutaxassis
Teglar : Intervyular | Yurgen Klopp |
Manba : sports.uz
Qo`shdi: 20_LALLANA_20
Ko`rildi: 507 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 47
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 46

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog