Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Jordan Xenderson: Ingliz hujumchilari ichida Starrijga etadigani yo'q

21 yan 2018, 11:27
"Liverpul" sardori Jordan Xenderson jamoadoshi Deniel Starrij haqida iliq fikr bildirdi. Hujumchi joriy mavsum 6 ta gol kiritdi, ammo Angliya chempionati doirasida kecha "Stok Siti"ga qarshi kechgan o'yinda aprel oyidan buyon ilk marta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

"Everton"ga qarshi kechgan o'yinda 1:0 hisobida g'alaba qozondik va gol Sado Mane nomiga yozildi. Biroq bu goldaeng ko'p xizmat aynan Starrijga tegishli. U biz uchun juda muhim futbolchi.

U Premer ligada gol ura olmagani uchun odamlar nimalar deganini yaxshi bilaman, ammo u o'z o'yini bilan hammasini isbotlamoqda. Starrij asosiy tarkibda o'ynaganda ham, zaxiradan maydonga tushganda ham birdek yaxshi o'ynab, nafaqat gollar, balki o'z o'yini bilan ham yordam bermoqda.

Starrij bilan klubda va termada birga to'p surishdan baxtiyorman. Shaxsan o'zim ingliz futbolchilari orasida Starrij kabi hujumchi yo'q, deb o'ylayman," - deydi Xenderson.
Teglar :
Manba : TheSun
Qo`shdi: FoReVeR_LFC
Ko`rildi: 577 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 47
» Foydalanuvchilar: 2
» Mexmonlar: 45

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog