catmenu

APL. O‘tgan hafta 11-tur o‘yinlaridan keyingi statistik ma’lumotlar

O‘tgan hafta dam olish kunlari Angliya chempionatining 11-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvlarda qayd etilgan faktlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

10 – «Sautgempton» APLdagi oxirgi 4 o‘yinida 10 ochko to‘plashga erishdi (3 g‘alaba, 1 durang). Bu ularning musobaqdagi oldingi 12 o‘yinda qo‘lga kiritgan ochkolari bilan teng (2 g‘alaba, 4 durang, 6 mag‘lubiyat).

14 – “Manchester Yunayted”ning barcha musobaqalarda o‘z maydonidagi oxirgi 14 o‘yinning barchasida gol o‘tkazib yubordi. Tarixda faqatgina 1958-1959 yillarda jamoa 21 o‘yinda darvozasi dahlsizligini saqlab qola olmagan.

3 – Bernardu Silvaning “Manchester Yunayted”ga qarshi bahsda kiritgan barcha 3 goli “Old Traford”da kuzatilgan. Portugaliyalik ushbu stadiondagi oxirgi 4 o‘yinda uchta gol urgan. Silva «shaharliklar» safidagi faoliyati davomida faqatgina «Byornli» darvozasiga (4 gol) MYUga qaraganda ko‘proq gol kiritgan.

8 – “Manchester Siti” “Old Traford”da MY ustidan 8-marotaba g‘alabaga erishdi. APL tarixida hech bir klub mankunianliklarning o‘z o‘yingohida buncha ko‘p g‘alabaga erishmagan.

753 – “Manchester Siti” MYU ustidan qozongan g‘alabasida uchrashuv davomida 753 marta uzatmani muvaffaqiyatli amalga oshirgan. Bu natija MYUga qarshi o‘yinlarda eng ko‘p uzatma hisoblanadi (Opta 2003/04 yilgi mavsumda statistis ma’lumotlarni to‘plashni boshlagandan beri).

2 – «Norvich» 2019 yilning dekabr oyida «shporlar»ga qarshi o‘yindan beri ilk marta APL o‘yinida ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi va 28 o‘yindan iborat bo‘lgan bittadan ko‘p gol ura olmagan seriyani buzdi.

7 – Joriy mavsum APLda faqatgina Muhammad Salah (16), Maykl Antonio (9) va Jeymi Vardi (8) «Chelsi» himoyachisi Ris Jeymsdan (7 – 4 gol va 3 assist) ko‘ra ko‘proq golli vaziyatlarda qatnashgan.
   
25 – «Chelsi» «Byornli» bilan qarshi bahsda (1:1) 25 marta darvoza tomon zarba berdi. Ular 2015 yilning avgust oyida APL tarixida o‘zlarining eng ko‘p zarba berib, g‘alaba qozona olmagan uchrashuvlarini o‘tkazishan edi (26 zarba, 1:2 “Kristal Pelas”).

26 – “Manchester Yunayted” darvozasiga kiritilgan «Siti»ning ikkinchi goli (Silvaning uzatmasidan keyin Kanseluning goli) 26-uzatmada sodir bo‘ldi. «Shaharliklar»ning eng ko‘p uzatmadan keyin gol urgan o‘yini «Arsenal»ga qarshi avust oyidagi bahsda kuzatilgan (Rodri, 30 uzatma).

38 – Ben Foster 38 osh, 218 kunligida APL o‘yinida penaltini qaytardi va musobaqada bu ishni qilgan Shey Givendan (2016 yil, 40 yosh 129 kun) keyin eng qariya darvozabonga aylandi. Givenga qadar «Fulxem» sobiq darvozaboni 2012 yilning noyabr oyida 11 metrlik jarima zaribasini bartaraf etgan eng katta posbon (40 yosh, 35 kun) edi.

Bizga ijtimoiy tarmoqlarda obuna bo'ling:

Navbatdagi o'yin:
clublogo
Arsenal
20.11.2021, 21:30
Premer-liganing 12-turi “Enfild” stadioni
Yakunlanngan o'yin:
Oliy liga, 07.11.2021, Olimpiyskiy
lfclogo 2 - 3 clublogo

APL jadvali

П
Команда
И
З
П
РМ
О
1Челси112742326
2Ман Сити112261623
3Вест Хэм1123131023
4Ливерпуль1131112022
5Арсенал111313020
6Ман Юнайтед111917217
7Брайтон111212017
8Вулверхэмптон111112-116

So'rovnoma

"Kristal Pelas" ga qarshi o'yindagi eng yaxshi futbolchi

Tasodifiy iqtibos

Agar siz hayotingizda qaror qabul qila olmasangiz, parlamentga borganingiz ma'qul - siz jamiyat uchun xavfli odamsiz.
Bill Shenkli
Bog'lanish
Liverpulning O'zbek zabon muxlislari sayti
2021-yilda qaytadan tashkil etilgan