Saloh Liverpul ixtiyoriga qaytdi va Lesterga qarshi o'ynash niyatida

Xabarga ko'ra, 29 yoshli misrlik allaqachon klub rahbariyatini mashg'ulotlarni boshlashga tayyorligi va 10 fevral kuni "Lester"ga qarshi o'yinda ishtirok etishni istayotgani haqida xabardor qilgan.
Ma'lum qilinishicha, klub uning uchun individual reja asosida mashg'ulotlar tashkil etib beradi.
Saloh joriy mavsumda APL doirasidagi 20 o'yinida qatnashib, 16 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Liverpul" – "Lester" o'yini 10 fevral kuni bo'lib o'tadi.
Biz ihtimoiy tarmoqlarda