Yuventus Liverpul yarim himoyachisi uchun 30 million evro to'lashga tayyor

Turin klubi 27 yoshli futbolchi uchun 30 million evro taklif qilishga tayyor. Keytaning xizmatlariga Ispaniyaning "Barselona" jamoasi va Germaniyaning "Bavariya" klubi ham qiziqish bildirmoqda, biroq "Yuventus" shartnoma imzolash uchun qulayroq holatda ekanligi ma'lum qilingan.
Keyta "Liverpul"da 2018 yilning yozidan buyon to'p suradi, "qizillar" safiga "RB Leyptsig"dan 60 million evro evaziga ko'chib o'tgandi. Yarim himoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 18 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va golli uzatma muallifiga aylangan.
Biz ihtimoiy tarmoqlarda