Liverpul mavsumdagi 100-golini urdi. Bu Evropadagi ikkinchi ko'rsatkich

Mersisayd klubi ushbu o'yinda o'zining mavsumdagi 100-golini kiritdi.
Ushbu natija Evropa top-5 chempionatlaridagi ikkinchi ko'rsatkich hisoblanadi. Faqatgina "Bavariya" bu mavsum "Liverpul"dan ko'proq gol urishga erishdi - 108 ta.
Ushbu mavsumdagi 39 ta o'yinda 100 ta gol urgan "Liverpul", o'zining o'tgan mavsum davomida urgan barcha gollaridan ham o'zib ketdi. O'tgan mavsum klub 53 o'yinda 97 ta gol urgandi.
Biz ihtimoiy tarmoqlarda